Eynshteyn hikmatlari
- Agar baxtli hayotga erishmoqchi boʻlsangiz, qandaydir odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlaringizga sodiq boʻling.
- Haqiqatni topish hamisha qiyin, lekin yolgʻonni ajratish koʻpincha oson kechadi.
- Oʻz mehnatining natijasini tezroq bilishni istagan odam kosibga borsin.
- Agar muammoning sababchisini qidiraversang, uni hech qachon yecha olmaysan.
- Shon-shuhratga berilmasligim uchun taqdirning oʻzi menga shon-shuhrat berdi.
- Intellektni ilohiylashtirmaslik kerak. Uning baquvvat muskullari bor-u, lekin yuzi yoʻq.
- Hech bir muammoni u paydo boʻlgan darajada turib hal qilib boʻlmaydi.
Orifjon Madvaliyev tarjimasi
2010