Farzandingiz yaxshi oʻqishini istasangiz…
Xalqimizda “Bola – boshidan” degan maqol bor. Yaxshi tarbiya koʻrgan farzand keyinchalik ota-onaning yuzini yorugʻ qilishi isbot talab etmas haqiqat. Yel universiteti olimlari oʻtkazgan tadqiqot bolalarining taʼlim-tarbiyasiga jiddiy qaraydigan kishilarni eʼtiborsiz qoldirmasa kerak.
Izlanishlar uchinchi sinfgacha yomon oʻqigan bolalarning toʻrtdan uch qismi oʻrta maktabni bitirgunicha oʻqishni shu taxlit davom ettirishini koʻrsatdi. Demak, ana shu vaqtda – bola uchinchi sinfga yetib olguncha uning oʻzlashtirishiga koʻproq diqqat qaratish zarur.
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2017-yil 6-sonida chop etilgan.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.