Hammasi ayon boʻlib qoldi…
Detektiv asarlari bilan dunyoga mashhur Artur Konan Doyl bir kuni yirik bankirlarga telegramma joʻnatadi. Yozuvchining hazil xabarnomasi qisqagina edi: “Hammasi ayon boʻlib qoldi. Tezda yashirining”.
Ertasi kuni xabar joʻnatilgan 12 nafar bankirning barchasi Londondan juftakni rostlaydi…
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2017-yil 1-sonida chop etilgan.