“Heminguey” nomli baliq

“Heminguey” nomli baliq

Ernest Heminguey baliq oviga qattiq qiziqqani, hatto baliq ovi musobaqasida muntazam ishtirok etgani koʻpchilikka maʼlum. U ajoyib kunlarning birida 357 kiloli mako akulasini tutishga muvaffaq boʻladi. 1938-yili esa bir kunda 7 dona yelkanbaliq ovlab, jahon rekordini oʻrnatadi.

Yozuvchining qiziqishlari baliq ovlash bilangina cheklanmaydi. U ummonlarda yashovchi yangi baliq turini kashf etadi, keyinchalik bu baliq adib sharafiga “Neomarinthae Hemingwayi” deb nomlanadi.

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2017-yil 5-sonida chop etilgan.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube