Nega jimsan…
Rasul Hamzatov
***
“Nega jimsan, tashlab ketilgan ey uy,
Meni taniyolmay turdingmi bir oz?
Otamning qoʻllari obod qilgan joy,
Nega uchirmangga chiqmaysan peshvoz?”
Toshlar soʻyladilar: “Bu qandayin gap,
Buning nimasidan boʻlaylik...
Ona
Rasul Hamzatov
Qaysargina togʻlik bolakay,
Hamma bilgan gapuqmas edim.
Soʻzga quloq solmasdim atay,
Oʻyinyoqar, ishyoqmas edim.
Yillar oʻtdi, hayotdan bir zum
Hayiqmadim, qoʻrqmadim hargiz.
Ammo endi yoningda oʻzim
Yosh boladay sezarman tez-tez.
Mana,...
Turnalar
Rasul Hamzatov
Xayolimga keladi goho:
Jangda oʻlgan askarlar tuproq
Qatlariga singmagan aslo,
Turnalarga aylangan – oppoq.
Oʻsha olis yillardan beri
Tinmay uchar va yoʻllagay sas.
Balki shundan koʻkka termilib,
Gʻamga botib yutarmiz...
“Bolalik doʻstlarim – qadrdon, tengqur…”
Rasul Hamzatov
***
Bolalik doʻstlarim – qadrdon, tengqur,
Yashab qolganlari, afsus, juda kam.
Balki men ulardan nishona – yodgor,
Balki shuning uchun tirikman bu dam.
Janglarda jon bergan, manguga...
Oxirin oʻylagan qahramon boʻlmas!
Rasul Hamzatov
Shomil qilichiga yozilgan bu bayt
Bolaligimdan yod, hech unutilmas:
“Maydonga ot solib jangga kirgan payt
Oxirin oʻylagan qahramon boʻlmas!”
Shoir, shu hikmatni unutma sen ham,
Qilichday qalamda sheʼrlar...
“Senga sheʼrlar yozgim kelar-u…”
Rasul Hamzatov
Senga sheʼrlar yozgim kelar-u, qoʻrqib
Birdan tomirlarda muzlaydi qonim:
Mendan munosibroq biror-kim oʻqib,
Seni sevib qolsa, netarman, jonim!
Senga sheʼrlar yozgim kelar-u, biroq
Soʻng alam-azobi tutmasin, deyman:
Senga atalgan...
“Azizam, yoʻl berma qaygʻu, koʻzyoshga…”
Rasul Hamzatov
Azizam, yoʻl berma qaygʻu, koʻzyoshga,
Ishon, xavotirlar – boʻlmagʻur gapdir.
Mening ahvolimni oʻzimdan boshqa
Hech kimsa yaxshiroq bilmaydi, axir.
Har xil savollarni tashlama uyib,
Darrov koʻzlaringga quyilmasin nam.
Sen...
“Ayting, bu sizmasmi, turnalar?”
Qizlarni toʻsatdan quchdi shamollar,
Oq bulutlar uzra uchdi roʻmollar –
Ayting, bu sizmasmi, turnalar?
Meni tuni boʻyi oʻrtagan alam
Sizib kirdi kunning koʻzlariga ham –
Ayting, bu sizmasmi, turnalar?
Nuryuzli...
“Yoningizdagina chinakam halovatni tuyaman…”
“Kichkina shahzoda” asarining muallifi, mashhur yozuvchi Antuan de Sent Ekzyuperi bu maktubni yozgan paytda hali yosh uchuvchi edi, uyidan uzoqda xizmat qilardi. Mashaqqatlardan chalgʻish,...
“Ulkan bir kitobga oʻxshaydi dunyo…”
Rasul HAMZATOV
Ulkan bir kitobga oʻxshaydi dunyo,
Unga qadam qoʻygan har bitta odam
Yozmogʻi kerakdir dildan, beriyo
Hamma-hammasini qadam-baqadam.
Bu dunyo misoli katta bir oʻchoq:
Ajdodlari kabi har bitta erkak
Unga...