Ilhom faqat ish vaqtida keladi
Gabriel Garsia Markes hikmatlaridan
- Atrofimizda shunday ajoyib, fantastik narsalar bor. Yozuvchilar esa ahamiyatsiz, kundalik voqealarni behuda tasvirlab oʻtirishadi.
- Baxt davolashi mumkin boʻlgan narsani davolaydigan dori yoʻq.
- Jilmay! Tashvish-mashaqqatlar rohatlanishiga yoʻl qoʻyma.
- Ilhom faqat ish vaqtida keladi.
- Kerak boʻlmay qolgan vaqtdagina bilim va aql bizni yoʻqlab keladi.
- Men boy emasman. Men puli bor kambagʻalman. Ikkalasi boshqa-boshqa tushuncha.
- Odam bir MARTAgina dunyoga kelmaydi, hayot uni qayta-qayta yangidan tugʻilishga majbur etadi.
- Odamning urushdagi hislarini tasvirlashga birgina “qoʻrquv” soʻzi yetarli boʻlib turganda, shuncha soʻzni uvol qilishning nima keragi bor?
- Oilaviy hayotda mayda gʻidi-bidilardan koʻra katta halokatlardan qutulish osonroq.
- Uzoq kutayotgan yana ozgina kutishi mumkin.
- Oʻtgan baxtli kunlar haqida alam va afsuslanishlarsiz oʻylay olish – juda gʻalati xususiyat.
- Hamma narsaning joni bor. Faqat uning qalbini uygʻotish kerak, xolos.
- Yaxshi ishtaha uchun yomon ovqat yoʻq.
Orif Tolib tarjimasi
“Yoshlik” jurnalining 2019-yil 9-sonida chop etilgan.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.