“Kimdadir biror-bir kamchilik koʻrsak…”
Rasul Hamzatov
***
Kimdadir biror-bir kamchilik koʻrsak,
Darrov ayblaymiz, darrov tutaymiz.
Har neki illat bor – barini, beshak,
Eskilardan qolgan sarqit ataymiz.
Anov – mansab quli, bunisi – quloq,
Doim yozib yurar yumaloq xatlar.
Ammo oʻtmishga bir tashlangiz nigoh,
Bu soʻzlar boʻlmagan oldingi paytlar!
Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi