Kuz arafasi
Turnalar
qur-qurlab uchdi yarim tun,
Mungli saslaridan seskandi osmon,
Kuz yaqinlab qolgan zamindan dilxun
Joʻnadilar yashil oʻlkalar tomon.
Kunduzi quyosh ham muloyim tortdi,
Bulutlar berkitdi uning koʻzini,
Shom chogʻi boʻzarib, imillab botdi,
Ilk MARTA madorsiz sezdi oʻzini.
Bu payt kaftlarini manglayga qoʻyib
Ogʻochlar boqardi ufqqa maʼyus.
Olislardan togʻ-togʻ tillosin uyub
Kelar edi puldor va rahmsiz kuz.
Orif Tolib
2011