Laxcha va lahja

Laxcha va lahja

Bu ikki soʻzning talaffuzi yaqin boʻlsa-da, maʼnosi farqlanadi.

Laxcha soʻzi faqat choʻgʻ, oʻt, olov soʻzlari bilan qoʻllanadi va qizarib, yalligʻlanib, lovullab turgan choʻgʻni anglatadi: laxcha choʻgʻ, laxcha oʻt, laxcha olov.

 

Gul kiprigi oppoq

Bir duru sadafdek,

Lolalar qizardi

Bir laxcha olovdek.

H. Olimjon.

 

Nechuk rtangan, laxcha choʻgʻ boʻlib yongan yuragimni tirnaysiz?

Hamza, Boy ila xizmatchi.

 

Oʻylasam, yurakda yonar laxcha oʻt.

Gʻayratiy.

 

Lahja esa mahalliy dialektning bir necha shevadan iborat guruhini anglatadi:

 

«J» lovchi lahja. Oʻzbek tilining qipchoq lahjasi.

 

📌 Demak:

Laxcha choʻgʻ, laxcha oʻt, qarluq lahjasi, oʻgʻuz lahjasi ✅

Lahcha choʻgʻ, lagʻcha choʻgʻ, lahja choʻgʻ, qarluq laxjasi, oʻgʻuz laxchasi, qipchoq lahchasi ❌

 

@oriftolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube