Ifor, ufor va upor

Ifor, ufor va upor

Ifor arabchadan kirgan, asliyatda chang, toʻzon; hid maʼnolariga ega. Oʻzbek tilida yaxshi hid, xushboʻy; umuman hid maʼnolarini anglatadi:

 

Har bir gulning oʻz ifori bor.

Gazetadan.

 

Qarqunoq parvozda yaproqdek yengil,

Goʻyoki oldinda qish emas, bahor.

Bogʻlarda azaliy nafis bir ifor

A. Muxtor.

 

Ifor soʻzining ufor shakli ham bor. Biroq u xushboʻy hid maʼnosidan tashqari musiqaga oid maʼnolarni ham anglatadi: qadimgi doira, shuningdek, nogʻora usullaridan biri. Xalq va mumtoz musiqada shu usul joʻrligida ijro etiladigan cholgʻu va ashula yoʻllari.

 

Rubobchi ufor havosiga chala boshladi.

S. Ayniy, Doxunda.

 

Chalinadi nay, childirma, doʻmbira,

Joʻshar gʻijjak, qaynar ufor, dilxiroj.

M. Shayxzoda.

 

Ufor soʻzining upor koʻrinishi ham uchrab turadi. U lugʻatga kirgan va shu shaklda qoʻllash xato emas. Upor soʻzi uforning birinchi maʼnosini, yaʼni ifor – xushboʻy hid maʼnosini anglatadi:

 

Gʻuv-gʻuv arilar yopishgan va kishini elitarli darajada upor purkagan qiygʻos gul-chechaklar burkamish yonbagʻirlarda koʻklam nashʼasi hukmron.

H. Nazir, Maftuningman, Ozarbayjon.

 

📌 Demak:

Ifor, ufor, upor

 

@oriftolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.