Mitti bolakayning ulkan yuragi

Mitti bolakayning ulkan yuragi

Kasalxonaga avtomobil halokatiga uchragan qizaloqni olib kelishdi. Unga qon quyish kerak edi. Baxtga qarshi, uning qoni kamyob qon guruhiga mansub ekan. Koʻp oʻtmay shifoxonaga qizaloqning ota-onasi va egizak akasi yetib keldi. Xayriyat, egizak akasining qoni unga tushar ekan.

– Bu hayot-mamot masalasi, oʻgʻlim. Singlingni qutqarish uchun qon berishing kerak, – deb tushuntirdi doʻxtir.

Bolakay bir lahza oʻylanib turdi-da, ota-onasining oldiga chopib ketdi. Ularga nimalardir dedi, xayrlashdi, chogʻi. Soʻng shifokor huzuriga yoʻl oldi. Qon olib boʻlingach, doʻxtir unga:

– Endi biroz yotib, dam olishing kerak. Boʻlmasa boshing aylanishi mumkin, – dedi.

Bu gapdan bola negadir hayratga tushdi. Munchoq koʻzlarini shifokorga tikib:

– Qanday qilib?! Men oʻlmaymanmi? – deb soʻradi.

U qon berishga rozi boʻlgan payti “men oʻlsam, singlim tirik qoladi” degan xayolga borgan ekan. Ulkan yurakli bu bolakay singlisi uchun jon berishga chindan ham tayyor edi…

 

Orif Tolib tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2021-yil 3-sonida chop etilgan.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube