Muhabbat va koʻzyoshlar
Fransuz masalchisi Jan Lafontenning xotini bir kuni erini ish payti hoʻngrab yigʻlayotgan holda uchratadi. Gap nimadaligini soʻraydi, Lafonten javob oʻrniga asaridan parcha oʻqib beradi. Unda qahramon qiyinchiliklar girdobiga tushib, sevganiga yetisha olmayotgani tasvirlangan edi.
Yozuvchining ayoli ham parchadan oʻpkasi toʻlib, yigʻlab oladi va eriga yalinishni boshlaydi:
– Bechorani sevganiga yetishtira qoling. Qoʻsha qarishsin.
– Yoʻq, sirayam iloji yoʻq! – deydi Lafonten. – Axir endigina birinchi jildni yozyapman-ku!
Orif Tolib tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016-yil 9-sonida chop etilgan.