Nega men tirikman?
Bir kuni tahririyatning Mark Tven ishlaydigan boʻlimiga oʻrtamiyona muallifning bir dasta bemaza sheʼri kelib tushadi. Ularga “Nega men tirikman?” degan umumiy sarlavha qoʻyilgan edi. Yozuvchi qoʻlyozmani egasiga qaytarar ekan, sarlavha ostiga shunday izoh yozib qoʻyadi: “Chunki siz tahririyatga sheʼrlaringizni oʻzingiz olib kelmadingiz, pochta orqali yubordingiz”.
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2017-yil 1-sonida chop etilgan.