Och biqin qayer?
Och biqiniga tushirdi, och biqiniga urdi, och biqiniga musht yedi kabi gaplarni koʻp eshitamiz. Xoʻsh, och biqin qayer? Buni bilish uchun oldin biqin soʻziga aniqlik kiritib olamiz: biqin – gavdaning qoʻltiqdan to tos suyagigacha boʻlgan ikki yon qismi.
Och biqin esa biqinning koʻkrak qafasidan pastki qismi.
Boshidan suv quyasanmi yoki och biqiniga bir-ikki tushirasanmi, oʻzing bilasan. Xullas, koʻzini moshdek ochib qoʻymasang boʻlmaydi.
“Mushtum”
Izohli lugʻat asosida tayyorlandi.