Oʻlimdan qutqargan topqirlik

Oʻlimdan qutqargan topqirlik

Mashhur adib Aleksandr Dyuma bahs boylashni juda yaxshi koʻrardi. Kunlarning birida u “amerikancha” degan duelga oʻxshash, lekin qonunan ruxsat berilgan bir oʻyin oʻynaydi. Shartga koʻra, qatnashchilar qurʼa tashlashi, yutqazgan oʻzini otishi kerak edi. Yozuvchidan omad yuz oʻgiradi. Dyuma qoʻshni xonaga chiqib ketadi, oradan bir soat oʻtib, oʻq ovozi eshitiladi. Biroq noxush xotimani kutib oʻtirgan kishilar oldiga yozuvchi soppa-sogʻ, beparvo kayfiyatda qaytib chiqadi. Unga angrayib qarab turgan dueldoshlar va sekundantlarga esa shunday tushuntirish beradi: “Otdim, lekin, afsus, tekkiza olmadim”.

 

Orif Tolib tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2015-yil 12-sonida chop etilgan.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.