Oson yoʻli
Atoqli fransuz yozuvchisi Alfons Dodeni Parijda chop etiladigan “Janjal” nomli koʻcha gazetasi tahririyatiga taklif etishadi. U yerda xurmacha qiliqlariyu oldi-qochdi maqolalari bilan tanilgan bir jurnalist Dodega shunday taklif beradi:
– Agar bizga birorta ipirisqining hayotini mayda-chuydasigacha tasvirlab asar yozib bersangiz, ming frank qalamhaqi toʻlardik.
Dode suhbatdoshining gaplarini jimgina, bosh irgʻab eshitadi. Soʻng deydi:
– Nega men yozib oʻtirishim kerak? Axir, buning juda oson yoʻli bor, qalamhaqi ham yonga qoladi. Joningizni umuman koyitmaysiz – kundaligingizni eʼlon qilasiz-qoʻyasiz.
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016-yil 10-sonida chop etilgan.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.