Qalam ibrati

Qalam ibrati

Bir bolakay xat yozayotgan buvisiga hayrat bilan qarab turardi. Qiziqishi ustun keldi-da, soʻradi:

– Buvijon, qoʻlingizdagi nima? Nima qilyapsiz?

– Yozyapman, bolam. Qoʻlimdagi esa – qalam. Uning ibratli tomonlari koʻp.

– Oddiy narsa-ku! Nima ibrati bor? – deb hayron boʻldi bolakay.

– Hozir tushuntirib beraman, – deb gap boshladi buvisi. – Birinchisi: sen balki katta olim boʻlarsan, balki tengi yoʻq daho darajasiga yetarsan. Kim boʻlishingdan qatʼi nazar, qalamni boshqargan qoʻl singari bizning ham boshqaruvchimiz – Yaratgan borligini unutma. Ikkinchisi: baʼzida qalamni taroshlab turaman. Joni ogʻriydi, lekin yaxshiroq yozadigan boʻladi. Qiyinchiliklarga uchraganda sening ham joning ozor chekadi. Lekin sabrli boʻl, ana oʻshanda katta yutuqlarga erishasan. Uchinchisi: qalamda yozganlarimni baʼzan oʻchirgʻich bilan oʻchirib, toʻgʻrilayman. Sen ham xato qilsang, toʻgʻrilashga harakat qil. Toʻrtinchisi: qalamning sirtidan koʻra ichidagi oʻzagi muhim. Chunki oʻsha oʻzak yozishga yordam beradi. Sen ham birinchi oʻrinda ichki olamingni pok tutishga intil. Nihoyat, beshinchisi: qalam hamisha oʻzidan iz qoldiradi. Sen ham yaxshi inson boʻl, ezgu amallaring bilan boshqalarning yuragida iz qoldir, bolam.

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Yosh kuch” jurnalining 2017-yil 5-sonida chop etilgan.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube