Qobiliyat
Arabchadan kirgan bu soʻz oʻzbek tilida quyidagi maʼnolarda qoʻllanadi:
1️⃣ Bilim, koʻnikma, malakalardan farqli oʻlaroq, shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ish uddalay olishidagi subyektiv shart-sharoitlarni ifodalovchi individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari.
Samandar… oʻzini idora etish qobiliyatidan tamoman mahrum boʻlgan edi.
S. Karomatov, Qalbingda quyosh.
2️⃣ Isteʼdod, talant.
Gʻafur Gʻulomning bu qadar hozirjavobligi, qobiliyatining siri nimada edi?
Shukrullo, Javohirlar sandigʻi.
3️⃣ Umuman, layoqat, qodirlik, qudrat.
Boshqarish qobiliyati. Mudofaa qobiliyati.
Vodorod bizga maʼlum boʻlgan tabiiy yoqilgʻilar orasida rekord issiqlik berish qobiliyatiga ega.
Gazetadan.
📌 Demak:
Qobilyat ❌
📖 “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” asosida tayyorlandi.