Qobiliyat

Qobiliyat

Arabchadan kirgan bu soʻz oʻzbek tilida quyidagi maʼnolarda qoʻllanadi:

 

1️⃣ Bilim, koʻnikma, malakalardan farqli oʻlaroq, shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ish uddalay olishidagi subyektiv shart-sharoitlarni ifodalovchi individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari.

 

Samandar… oʻzini idora etish qobiliyatidan tamoman mahrum boʻlgan edi.

S. Karomatov, Qalbingda quyosh.

 

2️⃣ Isteʼdod, talant.

 

afur ulomning bu qadar hozirjavobligi, qobiliyatining siri nimada edi?

Shukrullo, Javohirlar sandigʻi.

 

3️⃣ Umuman, layoqat, qodirlik, qudrat.

 

Boshqarish qobiliyati. Mudofaa qobiliyati.

 

Vodorod bizga maʼlum boʻlgan tabiiy yoqililar orasida rekord issiqlik berish qobiliyatiga ega.

Gazetadan.

 

📌  Demak:

Qobiliyat

Qobilyat ❌

 

📖 “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” asosida tayyorlandi.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.