Qumdagi va toshdagi yozuv
Bir kuni ikki doʻst tortishib qolishdi va biri ikkinchisiga musht tushirdi. Zarbdan chayqalib ketgan yigit bir ogʻiz ham soʻz demadi, faqat qumga “Bugun eng yaqin doʻstim menga musht otdi” deb yozib qoʻydi.
Ular yoʻlda davom etdilar. Oldilaridan anhor chiqdi va ular choʻmilishni xohlashdi. Boyagi musht yegan yigit birdan dod-voy qilib choʻka boshladi. Biroq uni doʻsti qutqarib qoldi. U oʻziga kelgach, bir toshga “Bugun meni eng yaqin doʻstim oʻlimdan qutqarib qoldi” deb yozib qoʻydi.
Shunda musht tushirgan va doʻstini qutqargan yigit soʻradi:
– Seni ranjitganimni qumga yozganding, qutqarganimni toshga yozding. Sababi nima?
Doʻsti javob berdi:
– Bizni kimdir ranjitsa, uni qumga yozishimiz kerak. Toki shamollar tozalab, uchirib ketsin. Biroq kimdir bizga yaxshilik qiladigan boʻlsa, uni albatta toshga oʻyishimiz kerak. Toki hech qanday shamol, hech qanday boʻron uni oʻchira olmasin!
Orif Tolib
“Islom nuri” gazetasining 2023-yil 18-sonida chop etilgan.