Rejissyor tanlash uslubi
Amerikalik mashhur yozuvchi Stiven King boshlovchi rejissyorlar va talabalarga asarlarini ramziy 1 dollar haq evaziga ekranlashtirish imkonini bergan. Biroq filmlarni tarqatish huquqi toʻlaligicha adibda qoladi, ulardan tijoriy maqsadlarda foydalanish ham mumkin emas. Ana shunday boshlovchi rejissyorlardan biri Frenk Darabont edi. U yigirma yoshida “Palatadagi ayol” asari asosida qisqa metrajli film suratga oladi. Yondashuv Stiven Kingga maʼqul tushadi va buning natijasida “Shoushenkdan qochish”, “Yashil milya” va “Tuman” asarlari aynan shu rejissyor talqinida ekran yuzini koʻradi.
Orif Tolib tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2015-yil 10-sonida chop etilgan.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.