“Senga sheʼrlar yozgim kelar-u…”
Rasul Hamzatov
Senga sheʼrlar yozgim kelar-u, qoʻrqib
Birdan tomirlarda muzlaydi qonim:
Mendan munosibroq biror-kim oʻqib,
Seni sevib qolsa, netarman, jonim!
Senga
sheʼrlar yozgim kelar-u, biroq
Soʻng alam-azobi tutmasin, deyman:
Senga atalgan gul soʻzlarni birov
Begona bir qizga aytmasin, deyman.
Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi