Venger tilidagi turkiycha soʻzlar
Venger (mojor) tili turkiy tillar oilasiga kirmaydi, u fin-ugor tillari oilasiga mansub. Lekin vengerlar uzoq yillar turkiy qavmlar bilan qoʻshnichilikda yashagan, faol ijtimoiy-iqtisodiy aloqada boʻlgan. Shu bois juda koʻp turkiy soʻzlar oʻzlashtirilgan. Baʼzi soʻzlarning talaffuzini eshitib: “Oʻzbekacha-ku!” deb yuborish ham hech gap emas. Hatto ota va ona soʻzlari ham mojorchada oʻzbekchaday jaranglaydi.
Baʼzi oʻzlashma soʻzlar zamonaviy venger tilida boshqa maʼnodoshlariga nisbatan kam ishlatiladi.
Olimlar fikricha, vengerlarning ajdodlari Uraldan shimolroqdagi dasht hududlarida yarim koʻchmanchi tarzda yashagan chorvador elatlardir. “Venger” soʻzi Yevropa tillarida ungar, hungar, ungrar kabi shakllarda uchraydi. Bu talaffuzlarga asos boʻlgan soʻz esa bulgʻorcha “oʻn oʻgur”dir. Mashhur rus tilshunosi Fasmerga koʻra, oʻn oʻgur turkiy tillardagi “oʻn oʻgʻuz”dan, yaʼni oʻn oʻgʻiz elati demak.
Oʻrta asrlarda Vengriyani xunlar oʻlkasi deb hisoblashgan.
Vergrlar oʻzlarini madyor, yaʼni mojor deb ataydi.
Maʼlumot uchun: Vengriya Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashida kuzatuvchi mamlakat hisoblanadi.
Quyida venger tiliga turkiy tillardan oʻtgan baʼzi soʻzlarni eʼtiboringizga havola etaman:
Vergerchasi |
Oʻqilishi |
Oʻzbekchasi |
Alma |
Alma |
Olma |
Anya |
Anya |
Ona |
Árok |
Aroʻk |
Ariq, zovur, chuqur |
Árpa |
Arpa |
Arpa |
Atya |
Atya |
Ota |
Balta |
Balta |
Bolta |
Bátor |
Batoʻr |
Botir |
Béka |
Beko |
Baqa |
Bika |
Bika |
Buqa |
Boglya |
Boʻglya |
Bogʻlam, gʻaram, uyam |
Bölcső |
Boʻlchi |
Beshik |
Borjú |
Boʻryu |
Buzoq, buzov |
Bors |
Boʻrsh |
Murch, qalampir |
Búza |
Buza |
Bugʻdoy |
Ész |
Es |
Es, aql, idrok, tafakkur |
Joghurt |
Yoghurt |
Yogurt |
Kék |
Kek |
Koʻk, moviy |
Korom |
Koʻroʻm |
Qurum, qorakuya |
Kos |
Koʻsh |
Qoʻy |
Ökör |
Oʻkoʻr |
Hoʻkiz |
Oroszlán |
Oʻroʻslan |
Arslon, sher |
Sarga |
Sharga |
Sariq |
Sátor |
Shatoʻr |
Chodir |
Szakáll |
Sokal |
Soqol |
Szatócs |
Satuvch |
Sotuvchi, baqqol |
Szirt |
Sirt |
Sirt, qoya |
Taraj Taréj |
Toray Tori |
Taroq |
Tenger |
Tengar |
Dengiz |
Teve |
Teva |
Tuya |
Tyuk |
Tyuk |
Tovuq |
Izoh: urgʻuli unlilar choʻzib oʻqiladi.
Orif Tolib
Manbalar:
- https://suvarы.rf/ru/book/export/html/878
- http://old.kpfu.ru/science/news/lingv_97/n131.htm
- https://lingvoforum.net/index.php?topic=33480.0
- https://lexicography.online/etymology/vasmer/
- https://wikipedia.org
- Vengersko-russkiy slovar. Laslo Galdi umumiy tahririda. “Russkiy yazыk” nashriyoti, Vengriya Fanlar akademiyasi nashriyoti, Moskva-Budapesht, 1987.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.