Shaxsiy kitoblarni asrash uchun
Taniqli fransuz yozuvchisi, adabiyot yoʻnalishida Nobel mukofoti sovrindori Anatol Frans oʻtkir fikrlari, lutflari, kinoyali-kulgili soʻzlari bilan ham shuhrat qozongan. Jumladan, uning shaxsiy kitoblarni asrash haqidagi ushbu tavsiyasi eʼtiborga molik:
“Kitoblaringizni hech kimga bermang. Aks holda, ularni qaytib koʻrmaysiz. Masalan, mening kutubxonamda birovlardan oʻqib turish uchun olingan kitoblargina qolgan, xolos”.
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2017-yil 1-sonida chop etilgan.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.