Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Hadis va Hayot” turkumi 16–17-juzlari
Toshkent, “Hilol-nashr” nashriyoti, 2016 yil. 432 bet. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita tavsiyasi bilan chop etilgan. Kitobni 2017-yil 28-dekabr kuni sotib olgan ekanman. 2019-yil sentyabrida oʻqishni boshlab, orada tanaffuslar bilan shu yil oktyabr oyi oʻrtalarida tugatdim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari qalamiga mansub “Hadis va Hayot” turkumining 16–17-juzlari “Taom, sharob va libos” deb nomlangan.
“Hadis va Hayot” turkumi turli mavzulardagi hadislar sharhidan iborat. Ushbu jildda musulmon kishi amal qilishi kerak boʻlgan yeyish-ichish va kiyinish odoblari haqida soʻz boradi. Asar oʻziga xos usulda, keng kitobxonlar ommasiga moslab yozilgan. Tushunilishi oson.
Islom diniga oid maʼlumotlarni asosi mustahkam manbalardan olish turli adashishlar va anglashilmovchiliklarning oldini oladi. Shayx hazratning barakali merosi ulkan xazinadir.
Orif Tolib