Siz meni tushunyapsizmi?
Atoqli olmon faylasufi Artur Shopenhauer ezma bir xotin bilan birga tushlik qilib qoladi. Tushlik davomida ayol eri va oʻzi oʻrtasidagi munosabatlar haqida mayda-chuydasigacha gapirib, noliydi. Faylasuf uni sabr-toqat bilan eshitib oʻtiradi, lekin hech narsa demaydi. Bundan zardalangan xotin:
– Meni tushunyapsizmi, oʻzi? –
deb soʻraydi.
– Yoʻq, – deb javob beradi Shopenhauer. – Lekin eringizni juda yaxshi tushunib turibman.
Orif Tolib tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016-yil 9-sonida chop etilgan.