Sulola nomi qanday yoziladi?

Sulola nomi qanday yoziladi?

Sulolalar nomini yozishda turli nashrlar, hatto lugʻat va ensiklopediyalarda ham xilmaxilliklar, chalkashliklar uchrab turadi.

2013-yilgi imlo lugʻati sulolalar nomini kichik harfda yozgan boʻlsa, milliy ensiklopediya baʼzan kichik, baʼzan bosh harflar bilan bergan. Xoʻsh, qay biri toʻgʻri?

Sulolalar nomi millat, elat, qavm nomiga oʻxshaydi va ularni kichik harf bilan yozish kerak: hoshimiylar, abbosiylar, umaviylar, temuriylar, qoraxoniylar, usmonlilar kabi.

❗️  Ammo bu soʻzlarning baʼzilari jumla ichida bosh harfda ham yozilishi mumkin. Bunda ular davlat nomini bildiradi: Abbosiylar xalifaligi, Umaviylar davlati, Temuriylar davlati, Usmonli sultonligi kabi.

 

📌  Demak:

Amir Temur Temuriylar davlati va temuriylar sulolasining asoschisidir. ✅

Usmon Gʻoziy Usmonlilar davlati va usmonlilar sulolasining asoschisidir. ✅

 

Telegram | YouTube

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.