Tajovuzga uchrayotgan tabiat
- Odamlar atrof muhitdan “tortib oladigan” chuchuk suvning yetmish foizi qishloq xoʻjaligiga sarflanadi.
- 1 kilogramm shokolad ishlab chiqarish uchun 24 000 litr, shuncha shakar uchun 1500 litr suv kerak boʻladi.
- Yer yuzasining 38 foizi choʻlga aylanish xavfi ostida.
- Oxirgi ellik yil ichida Kanadadagi doimiy muzliklar shimol tomonga 130 km siljigan, yaʼni qisqargan.
- 1980-yildan boshlab elektr energiyasining butun dunyo boʻylab isteʼmoli 7 300 dan 17 400 milliard kVt/soat ga oʻsdi.
- Oʻn yildan soʻng zaharli elektron chiqindilar hajmi 500 baravarga ortishi mumkin.
- Havayi orollariga inson qadami yetgandan buyon bu yerda 71 turdagi qush yoʻq boʻlib ketdi.
- Hozir Yer yuzida 17 turdagi pingvin yashaydi, ularning 12 xili tobora kamayib bormoqda.
- Moviy tunets baligʻini ovlashdan tushadigan yillik foyda 7,2 milliard dollarni tashkil etadi. 1980-yildan buyon bu turdagi baliqlar 70 foizga kamayib ketgan.
- 2004-yili jonli organizmlarning yoʻqolib ketish darajasi hali inson tabiat ustidan hukmronlik qilmagan davrlarga nisbatan 100-1000 barobarga tezlashgan. Hisob-kitoblarga koʻra, bu koʻrsatkich kelasi yigirma yil ichida 10 000 barobarga yetishi mumkin.
2011
Orifjon Madvaliyev tayyorladi.