Uzbek is on ))

Uzbek is on ))

Poyezd vagonlarida “Oʻzbekiston” soʻzidagi Oʻ harfi belgisi xato yozilganiga koʻp koʻzim tushgan. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” poyezdlariga Oʻ harfi belgisi favqulodda xato yoziladi. Oʼ tarzidagi xatolikni koʻp koʻrganmiz. Lekin Oʽ koʻrinishida yozish juda kam uchraydi. Nega bunaqa yozishadi – hayronman.

Taxminimcha, boshida, lotin yozuviga yangi oʻtilgan paytlari “Oʽzbekiston” deb xato yozilgan va shu kungacha ana shu adashish takrorlanib kelyapti.

Lekin toʻgʻri yozilgan holatlar ham bor. Guglga qidiruv bersangiz, bunga oʻzingiz guvoh boʻlasiz.

Yuqoridagi rasmda esa biryoʻla T harfi ham tushib qolibdi. Menimcha, harflar yopishtirilmagan. Boʻyoq bilan yozilganga oʻxshayapti. Demak, harf toʻkilib tushmagan. Imloviy xatoga yoʻl qoʻyilgan.

Hech qursa, Oʻzbekiston soʻzini toʻgʻri yozishga eʼtibor qaratish zarur. Alifbo islohidan soʻng shu yozuvlarni oʻzgartirish, oʻzgartirishdan oldin soʻzning toʻgʻri yozilganini birorta savodli mutaxassis nazaridan oʻtkazib olish kerak.

Lotin alifbosi isloh qilinsa, Oʻ harfining belgisi bilan bogʻliq muammolardan xalos boʻlamiz. Ammo savoddagi kamchiliklarni alifbo hal qilib bera olmaydi. Uni masʼuliyat, oʻqish-oʻrganish bilan hal etish mumkin, xolos.

 

* Rasm obunachilardan.

 

Izoh:

Word dasturidagi belgilar ichidan vagonlardagi belgiga aynan mosini topolmadim. Bunaqa simvol Yunikodda ham yoʻq, shekilli. Shuning uchun yaqinroq belgini tanladim. Aslida vagonlardagi belgi ʻ belgisining akslangan koʻrinishidir.

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.