“Xotirjam boʻlishingiz uchun…”
Mashhur masalchi Ivan Krilov ijarada turgan uyning egasi bir shartnoma koʻtarib keladi. Shartnomada agar ijarachining aybi bilan yongʻin chiqadigan va uyga zarar yetadigan boʻlsa, u 60 000 rubl miqdoridagi mablagʻ bilan zararni qoplashi koʻrsatilgan edi. Krilov koʻrsatilgan summaning ortiga yana ikkita nol qoʻshib qoʻyadi.
– Men hamma shartlarga roziman, – deydi masalchi qogʻozni uy sohibiga qaytarar ekan. – Mutlaqo xotirjam boʻlishingiz uchun zarar qoplamasini 100 baravar koʻpaytirib qoʻydim. Mendan nima ketdi? Yongʻin chiqadigan boʻlsa, birinchi summaniyam, ikkinchi summaniyam baribir toʻlay olmayman-ku!
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2017-yil 4-sonida chop etilgan.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.