Napoleon “lotereya”si

0
2368
marta koʻrilgan.

Napoleon Bonapart hukmronligi davrida 5 franklik tangalar ham muomalaga kiritiladi. Tanganing hajmi sezilarli darajada katta boʻlgani uchun odamlar undan foydalanmaslikni maʼqul koʻradi. Natijada uyum-uyum pullar banklar gʻaznasida toʻplanib qoladi.

Vaziyatdan chiqish uchun imperator 5 frankli tangalardan biriga shaxsan oʻzining qoʻli bilan yozilgan 5 million frankli chek joylab qoʻyilgani, topgan kishi uni Fransiya davlat bankida istagan vaqtida naqdlashtirib olishi mumkinligi haqida eʼlon beradi. Koʻz ochib-yumguncha bankdagi 5 frankli tangalar muomalaga kirib ketadi. Biroq Napoleon qoʻli bilan yozilgan chekni topib, 5 million frankka ega boʻlish baxti bugungacha hech kimga nasib etgani yoʻq.

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2017 yil 4-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.