Bulduruq

0
1698
marta koʻrilgan.

Soʻnggi kunlarda daraxtlaru butalarni qirov qopladi. Qirovni bulduruq ham deyishadi.

Badiiy adabiyotda sochning oqi qirovga oʻxshatilgani kabi bulduruqqa ham mengzaladi.

Bulduruq omonim soʻz, yana ikkita alohida maʼnoda ishlatiladi: choʻl qushi, qorabovur; baliq tuxumi, uvuldiriq.

 

  1. Ertalabki tuman tarqalib, daraxt shoxlariga yopishgan bulduruq zarralari gavharday yaltiray boshladi.

A. Muxtor, Chinor.

 

  1. Yurtga kuz kelganin asta bildirib,

Daraxtlar shoxidan uchar bulduruq.

X. Saloh, Izlar va hislar.

 

  1. Dasturxon koʻngil tusagan narsalarga toʻla: qora, qizil bulduruqlar, qovurilgan bedanayu rang-barang uzum, olma, karjlangan qovun-tarvuzlar…

“Yoshlik”

 

Izohli lugʻat asosida tayyorlandi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.