Bulduruq
Soʻnggi kunlarda daraxtlaru butalarni qirov qopladi. Qirovni bulduruq ham deyishadi.
Badiiy adabiyotda sochning oqi qirovga oʻxshatilgani kabi bulduruqqa ham mengzaladi.
Bulduruq omonim soʻz, yana ikkita alohida maʼnoda ishlatiladi: choʻl qushi, qorabovur; baliq tuxumi, uvuldiriq.
- Ertalabki tuman tarqalib, daraxt shoxlariga yopishgan bulduruq zarralari gavharday yaltiray boshladi.
A. Muxtor, Chinor.
- Yurtga kuz kelganin asta bildirib,
Daraxtlar shoxidan uchar bulduruq.
X. Saloh, Izlar va hislar.
- Dasturxon koʻngil tusagan narsalarga toʻla: qora, qizil bulduruqlar, qovurilgan bedanayu rang-barang uzum, olma, karjlangan qovun-tarvuzlar…
“Yoshlik”
Izohli lugʻat asosida tayyorlandi.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.