Undalmasiz murojaatda vergul kerakmas

0
869
marta koʻrilgan.

Rasmiy xatlarda bir xatoga koʻp koʻzim tushdi. Xato vergul ishlatish bilan bogʻliq. Odatda xatlarning soʻngida, asosiy muddao aytiladigan joyda rahbarga murojaat qilinadi. Bunda aksariyat holatlarda boshliqning ismi va otaismi keltirilmaydi va gap qurilishi “Sizdan … … soʻraymiz (iltimos qilamiz)” shaklida boʻladi. Masalan:

 

Sizdan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan masalalar boʻyicha amaliy yordam koʻrsatishingizni soʻraymiz.

 

Negadir koʻpchilik shu joyda Sizdan soʻzidan keyin vergul qoʻyadi. Sababini soʻrasangiz, shaxsga murojaat borligi uchun shunday qilinganini aytishadi. Biroq murojaat bevosita shaxsga qaratilmasa, yaʼni gapda undalma qatnashmasa vergul qoʻyilmaydi. Chiqish kelishigi qoʻshimchasi -dan ham vergul talab qilmaydi.

 

📌  Demak:

Sizdan ushbu masalani hal etish boʻyicha koʻrsatma berishingizni iltimos qilamiz. ✅

Sizdan, ushbu masalani hal etish boʻyicha koʻrsatma berishingizni iltimos qilamiz. ❌

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.