Anomal issiq: “anomal” nima degani?
Anomal soʻzi izohli lugʻatda yoʻq. Lekin u bilan oʻzakdosh anomaliya soʻzi sharhlangan. Anomal ana shu anomaliyaning sifat shakli.
Anomaliya yunoncha anomalia soʻzidan, asliyatda notekislik; meʼyordan chetlashish maʼnolariga ega. Atama sifatida meʼyordan, umumiy qonuniyatdan chetga chiqish; normaga, umumiy qonuniyatga xiloflik maʼnosini anglatadi.
Oʻsishdagi anomaliya.
Jismoniy rivojlanishdagi anomaliya.
Anomal issiq birikmasi meʼyordan, normadan oʻtib ketgan issiq degan maʼnoni anglatadi.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.