Bir kilo kartoshka 500 yevro!
- Eng qimmat poyabzal zargar Styuart Vaysman tomonidan ishlangan. Unga 642 ta yoqut donachalari qadalgan boʻlib, 1,6 millionga baholangan. Bunday tufli kiygan odam koʻchada yura olarmikan?
- Eng qimmat rasm Piter Paul Rubensning “Goʻdaklar qirgʻini” polotnosidir. U 2002-yilda oʻz egasiga 73,5 million yevro olib kelgan.
- Eng qimmat sigeret markasi “Treasurer” sanaladi. Bir qutisi taxminan 24 yevro turadi va maxsus magazinlardagina sotiladi. Bu narxga sigaret olib chekish uchun kamida millioner yoki esini yegan ahmoq boʻlish kerak.
- Eng qimmat saylov kampaniyasi Maykl Blumbergga tegishli. Uning nomzodi Nyu-York meriyasi (hokimligi)ga qoʻyilgan edi. Mayklga berilgan 744 757 ovozning har biri 86,10 yevroga tushgan.
- Eng qimmat shahar Tokio hisoblanadi. Turmush uchun hech qayerda Tokiodagichalik koʻp pul sarflanmaydi.
- Eng qimmat kartoshka. Fransiyada yetishtirilgan “La Bonnotte” navining 1 kilogrammi taxminan 500 yevro turadi. Bu pulga oʻzimizning kartoshkadan olinsa, toʻrt-besh yilga bemalol yetadi.
- Sumatra orolidagi “Kopi Luwak” navli kofening chorak qadogʻi, taxminan 100 grammi 75 dollar turadi. Undan koʻra, dogʻ suv ichib qoʻya qolgan tuzuk koʻrinadi.
- Eng qimmat kostyum Amerika kosmonavtlariga tegishli. Mazkur kostyum 9 million turadi. Bu kiyim-boshga qoʻyilgan eng baland narxdir.
- Dubaydagi “Burj Al Arab” mehmonxonasining eng arzon boʻlmasida bir kecha tunash uchun 770 yevro toʻlash kerak. Agar shohona xonada turmoqchi boʻlsangiz, 7700 yevro “aʼzo boʻlasiz”.
- Dunyodagi eng qimmat stadion Parij yaqinidagi “Stade de France”dir. Bu maydonda 1998-yili Fransiya termasi jahon chempioni boʻlgan. Uning qurilishiga 460 million yevro sarflangan.
- “Coca-Cola” eng qimmat savdo belgisi hisoblanadi. U 68,9 milliard dollarga baholangan. Bu pul butun firmaning deyarli 60 foiz qiymatini tashkil etadi.
- Eng qimmat qoʻgʻirchoq – “Barbi”ning narxi 100 ming yevro. Uning kiyimlari haqiqiy brilliant donachalari bilan bezatilgan. Ishqilib, bolangiz shunaqa qoʻgʻirchoq olib berasan demasa boʻldi!
- Dunyodagi eng qimmat kitob Leonardo da Vinchining “Lester qonunlari” (“Suv, yer va osmon jismlari hiqida risola”) asaridir. Qimmatbaho qogʻozga yaltiroq harflar bilan yozilgan bu kitobni dunyo milliarderi Bill Geyts 24 million dollarga sotib olgan. Kitobga ayamay pul sarflaydigan milliarder bekorga boy boʻlmagan boʻlsa kerak.
Orifjon Madvaliyev
2011