Bolangizning boʻyi qanaqa?
Oʻgʻil bolalar tugʻilganida koʻproq 3-4 kilogramm vaznga, 50 santimetrga yaqin boʻyga ega boʻladilar. Odatda, ular qiz bolalardan koʻra kattaroq tugʻiladi. Hayotining ilk kunlarida juda koʻp bolalar 10 foizgacha vaznini yoʻqotadi. Bu tugʻilishdagi qiyinchiliklar va yangi sharoitga moslashish bilan bogʻliq.
Bir yilcha vaqt oʻtgach bolaning massasi 10-12 kilogrammni yoki undan koʻproqni tashkil etadi, boʻyi esa 80-86 santimetrgacha uzayadi. Balogʻat davri boshlangunicha har yili 1,5-2 kilogrammga ogʻirlashib, 4-5 santimetrga oʻsib boradi.
5-7 yosh oraligʻida “birinchi sakrash” jarayoni kuzatiladi. Butun tana tezlik bilan oʻsadi. Bola goʻdaklarga xos kichkina qoʻl va oyoqchalardan “xalos boʻladi”. Endilikda baland tokchaga qoʻyilgan qaymoqni bemalol oʻgʻirlab yeya oladi.
7 yoshdan 12-13 yoshgacha bola juda sekinlik bilan oʻsadi. Tanada oʻzgarishlar paydo boʻla boshlaydi. Oʻgʻil bolalarning yelkasi beliga nisbatan kengayadi.
Balogʻat davri – anchagina murakkab jarayon. Bu holat oʻgʻil bolalarda qiz bolalarga qaraganda 1-2 yil kechroq, 12-13 yoshlarda boshlanadi. Dastlab qoʻl-oyoqlarning, keyinroq tananing oʻsishi tezlashadi. Bu “balogʻat davridagi sakrash” deb nomalanadi. Suyaklar uzayadi, mushak va yogʻ toʻqimalari esa oʻsish-rivojlanishda ortda qola boshlaydi. Shu sababli bola xuddi ozayotganga oʻxshab koʻrinadi. Balogʻat davrining boshlanishi bolaning tana tuzilishi va umumiy sogʻligiga taʼsir koʻrsatadi. Shu sababli ham bu jarayon uzoqroq – 11 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan vaqt oraligʻida davom etadi. Bu davr alohida eʼtibor talab qiladi. Tananing tez kattayishi organizmning ichki zaxiralarini, boshqacha qilib aytganda, kuch-madorni oʻziga tortib oladi. Agar bolada qandaydir kasallik bor boʻlsa, shu paytda kuchayib ketishi mumkin. Shiddatli oʻsish yurak-qontomir va boshqa tizimlarda muammolarni yuzaga keltirishi ehtimoli bor. Chunki vujud yetarli moddalarni ishlab chiqarishga ulgurmaydi. Xullas, boladagi har qanday oʻzgarishga jiddiy eʼtibor qaratish zarur.
Normal vazn va oʻsish koʻrsatkichlari
Bolaning yoshi |
Boʻyi (santimetrda) |
Vazni (kilogrammda) |
Tugʻilish |
47-54 |
3-4 |
1 oylik |
50-56 |
3.5-5.4 |
2 oylik |
53-59 |
4-6 |
3 oylik |
56-62 |
4.5-7 |
4 oylik |
58-65 |
5-8 |
5 oylik |
60-67 |
5.5-9 |
6 oylik |
62-70 |
6-9.5 |
7 oylik |
64-72 |
6.5-10 |
8 oylik |
66-74 |
7-10.5 |
9 oylik |
68-77 |
7.5-11 |
10 oylik |
69-78 |
8-11.5 |
11 oylik |
70-79 |
8.2-11.8 |
1 yosh |
71-81 |
8.5-12 |
2 yosh |
82-93 |
10-15 |
3 yosh |
88-104 |
12-17 |
4 yosh |
94-110 |
13.5-20 |
5 yosh |
99-117 |
15-23 |
6 yosh |
105-123 |
16-27 |
7 yosh |
111-130 |
18-30 |
8 yosh |
116-137 |
20-35 |
9 yosh |
121-143 |
21-39 |
10 yosh |
126-149 |
24-44 |
11 yosh |
131-156 |
26-51 |
12 yosh |
136-163 |
28-58 |
13 yosh |
141-170 |
31-66 |
14 yosh |
148-176 |
35-73 |
15 yosh |
154-181 |
39-80 |
16 yosh |
158-186 |
44-84 |
17 yosh |
162-188 |
50-87 |
Albatta, bolalar xilma-xil, kimdir 2.5 kg ogʻirlik bilan tugʻiladi, qaysi biridir esa bir yilda 13-15 kg vaznga ega boʻlishi mumkin. Vazn va boʻy tashxis degani emas. Biroq bolaning meʼyorda ulgʻayayotganiga doim diqqat-eʼtiborda boʻlgan maʼqul.
Orifjon Madvaliyev tayyorladi.
2009