Bolqor xalq maqollari va matallaridan

Bolqor xalq maqollari va matallaridan
Kabarda-Bolqor Respublikasi

Bolqorlar – turkiy xalq. Asosan Shimoliy Kavkazda – Rossiyaning Kabarda-Bolqor, Qorachoy-Cherkes Respublikalari, Stavropol oʻlkasi va Moskva shahrida, shuningdek Qozogʻiston, Qirgʻiziston, AQSH, Ukraina, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarda yashaydi. Qorachoy-bolqor tilida soʻzlashadi. Umumiy adadi – 130 ming atrofida.

 

  • Aql sabr beradi.
  • Allohdan qoʻrqmagan odamdan uyalmas.
  • Ahmoq bilan olishgan ham ahmoq.
  • Yomon odam boyisa, qoʻshnisini sigʻdirmas.
  • Yomon odamda olgiliging boʻlguncha, yaxshi odamga bergiliging boʻlsin.
  • It iskagan suvni arslon ichmas.
  • Qargʻa gʻoqillab gʻoz boʻlmas, qari qiypanglab qiz boʻlmas.
  • Odamlar hurmatingni qilmasa, oʻzingdan koʻngling qolsin.
  • Odamni yoʻgʻida soʻkma, borida maqtama.
  • Oz soʻzlaganning qaygʻusi kam boʻladi.
  • Ontin buzgan ontga ishonmas.
  • Ota yurtimning boshi boʻlmasam-da, boʻsagʻasining toshi boʻlayin.
  • Sergap odam bir soatda bir oylik xato qiladi.
  • Tili uzunning uyati qisqa.
  • Uyim degan uyi boʻyli toshni ham koʻtaradi.
  • Umid togʻ tepasiga chiqaradi.
  • Oʻt oʻchirish uchun toza suv izlamaydilar.
  • Xotin olmoqchi boʻlsang, uylanmaganning soʻziga quloq tutma.
  • Chaqirilmagan qoʻnoq qachon ketishini soʻramaydi.
  • Er – soʻziga ega kishidir.
  • Yurak koʻrmasa, koʻz ham koʻrmaydi.

 

Bolqor tilidan Orif Tolib oʻzbekchalashtirdi.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.