“Bosh” deb ataladimi?
Mashhur bolalar yozuvchisi Hans Kristian Andersen tashqi koʻrinishiga u qadar eʼtibor beravermas edi. Ohori qolmagan plashi va eski shlyapasini kiyib, Kopenhagen koʻchalarida sayr qilib yurardi. Bir kuni bir olifta uni toʻxtatib, savolga tutadi:
– Taqsir, boshingizdagi anavi matoh “shlyapa” deyiladi-da, a?
Yozuvchi shu zahoti javob beradi:
– Olifta shlyapangizning ostidagi anavi matoh “bosh” deb ataladi-da, shundaymi?
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016-yil 11-sonida chop etilgan.