Lutf

Lutf

Mark Tvenning qabuliga yoshi oʻtinqirab qolgan bir ayol kiradi. Yozuvchi unga lutf qiladi:

– Oʻhoʻ, oldingiday yosh va goʻzalsiz, xonim.

Ammo xonim salomga yarasha alik olmaydi:

– Afsus, men siz haqingizda bunday maqtovli gap aytolmayman.

– Menga oʻxshab aldasangiz boʻladi-ku, – deb maslahat beradi yozuvchi.

 

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2016-yil 11-sonida chop etilgan.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.