Demilitarizatsiya va denatsifikatsiya

Demilitarizatsiya va denatsifikatsiya

Bu ikki soʻz oxirgi paytlarda ommaviy axborot vositalarida juda koʻp qoʻllanyapti.

Demilitarizatsiya soʻzi imlo va izohi lugʻatga, ensiklopediyaga kiritilgan. Lekin denatsifikatsiya soʻzi ushbu lugʻatlarning hech biridan joy olmagan.

Demilitarizatsiya inkorni bildiruvchi de- oldqoʻshimchasi va lotincha militaris – harbiy soʻzidan olingan. Biror davlat yoki hududda armiya saqlashni, qurol-yarogʻ ishlab chiqarishni, istehkomlar, harbiy bazalar qurishni man etish; qurolsizlantirishni anglatadi. Xalqaro huquqqa koʻra, muayyan hududdagi harbiy istehkomlar va inshootlarni yoʻqotish hamda shu hududda harbiy bazalar va qurolli kuchlar saqlashni taqiqlash xalqaro shartnomaga binoan amalga oshiriladi.

Denatsifikatsiya olmoncha entnazifizierungnatsizmni yoʻqotish soʻzidan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniya va Avstriyada jamiyat, madaniyat, matbuot, iqtisodiyot, taʼlim, huquq va siyosatni millatchi (natsist)larning gʻoyalaridan tozalashga qaratilgan chora-tadbirlarni anglatadi.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.