“Mark Tven” nima degani?

“Mark Tven” nima degani?

Heklberri Fin va Tom Soyer haqidagi asarlari bilan dunyoga mashhur bu yozuvchining asl ismi Semuel Lenghorn Klemensdir. U Mark Tven taxallusini Missisipida lotsman yordamchisi boʻlib ishlab yurgan kezlarida tanlagan. Daryo qatnoviga oid bu atama kema oʻtishi mumkin boʻlgan chuqurlikni anglatadi. Buni aniqlash uchun daryoga arqon tashlangan, suv 2 dengiz sarjini (3, 7 metrga yaqin) belgisiga kelganda oʻlchovchi: “Mark tven!” (inglizchada – mark twain) deya hayqirgan. Bu ibora soʻzma-soʻz “ikki oʻlcham” deb tarjima qilinadi. Kema qatnovi uchun daryo kamida shuncha chuqurlikka ega boʻlishi kerak.

Garchi adibning taxallusi ikki sarjin maʼnosini bersa-da, asarlarining maʼnosi juda chuqur. Yozuvchi sarguzasht asarlari, oʻtkir fikrlari bilan millionlab oʻquvchilarning qalbiga chuqur kirib borgan.

 

Orif Tolib tarjimasi

 

“Yoshlik” jurnalining 2015-yil 11-sonida chop etilgan.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.