Qanday tushunish toʻgʻri?
Buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik” (“Voyna i mir”) romani nomidagi “mir” soʻzini “jahon” yoki “atrof-borliq” deb tushunish kerak, deydiganlar bor. Aslida-chi? Rus tilining eski imlosida bu omonim soʻzlar boshqa-boshqa shaklda yozilgan. “Mirʼ” soʻzi – “borliq” maʼnosini, “mirʼ” soʻzi esa “tinchlik” maʼnosini anglatgan. Adib hayotligida nashr etilgan barcha variantlarda “mirʼ” soʻzi ishlatilgan. Tolstoyning oʻzi romanini fransuz tilida “La guerre et la paix” – “Urush va tinchlik” deb atagan. Biroq turli nashrlarda yoʻl qoʻyilgan xatolar sabab haligacha nom maʼnosi borasidagi bahslar toʻxtagani yoʻq.
Orif Tolib tarjimasi
“Yoshlik” jurnalining 2015-yil 11-sonida chop etilgan.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.