Etimologiya
Eski joʻva: joʻva nima degani?
Nosirjon Oxunovning “Joy nomlari taʼbiri” kitobida Eski joʻvaga shunday taʼrif beriladi:
“Toshkent shahridagi mahallalardan birining nomi.
Tarix fanlari doktori A. Muhammadjonovning yozishicha, joʻva aslida juʼba, yaʼni bozor...
Igrekmi yoki igrik?
Izohli lugʻat igrek soʻzini shunday sharhlagan:
1️⃣ Lotin alifbosida oxirgi harfdan oldingi “Y” harfining nomi.
2️⃣ Matematikada: shu harf bilan ifodalangan nomaʼlum (qidirilayotgan) miqdor.
Biroq harf sifatida...
“Bakovuling boʻloyin”: bakovul kim?
Milliy ensiklopediyada bakovul soʻziga shunday izoh berilgan:
1️⃣ Chingizxon davrida va temuriylar saroyida taom va ichimliklar tayyorlovchi oshpazlar boshligʻi.
2️⃣ Oltin Oʻrda xonligida qoʻshinga maosh-ulufa ulashish,...
Kosada shoʻrva, piyolada choy ichiladi
Xorazm shevasida piyola kosa deyiladi. Bu boshqa sheva egalariga anchagina gʻalati eshitilishi mumkin. Chunki kosa piyoladan kattaroq, asosan suyuqlik va turli ovqatlar solib ichish...
“Olmani olma derlar”. Olchani-chi?
Shevalarda biri oʻrnida boshqasi qoʻllanadigan va shu sababli bahslarga sabab boʻladigan soʻzlardan biri olcha va gilosdir. Bir joyda olcha oʻrnida gilos, boshqa joyda gilos...
Kobulmi yoki Qobul?
Afgʻoniston poytaxti nomini yozishda koʻp xatoliklar, xilmaxilliklar kuzatiladi. Xoʻsh, qay biri toʻgʻri: Kobulmi yoki Qobul?
Kobul shakli toʻgʻri. Pushtu va dariy tillarida bu soʻz kof...
“Parol” soʻzining oʻzbekchasi
Bu soʻzni bugun ham ishlatamiz. Lekin parol maʼnosida qoʻllamaymiz.
Gap imo, imo-ishora, imlamoq, im qilmoq, im qoqmoq soʻzlari tarkibidagi im haqida ketyapti.
Mahmud Koshgʻariy “Devonu lugʻatit...
Oʻzlashma soʻzlar: motivatsiya
Motivatsiya soʻzini qoʻllash oxirgi paytlar juda urf boʻldi. Lekin bu soʻz izohli lugʻatga ham, milliy ensiklopediyaga ham, hatto imlo lugʻatlariga ham kiritilmagan.
Motivatsiya lotincha movēre...
Oʻzlashma soʻzlar: kraudfanding
Kraudfanding inglizcha srowd funding soʻzidan, srowd – “omma”, funding – “moliyalashtirish”. Bir nechta kishi oʻz mablagʻi yoki boshqa vositalarini boshqa kishilar, loyihalar yoki tashkilotlarni...
“Aka” soʻzining lugʻaviy maʼnosi nima?
Aka soʻzi oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda ishlatiladi:
1️⃣ Bir ota-onadan tugʻilgan katta oʻgʻil (oʻzidan kichiklariga, ukalariga nisbatan).
Katta aka. Oʻrtancha aka. Kichik aka.
2️⃣ Oʻzidan katta er kishiga...