Nima uchun yoziladi?
Moris Safir bir yozuvchi bilan tortishib qoladi. Suhbatdoshi qizishib ketadi va gʻazabi qoʻzib:
– Siz, qadrdonim Safir, faqat pul uchun yozasiz, men esa faqat vijdon uchun yozaman, – deydi.
– Doʻstim, – deb javob qaytaradi Safir, – ikkovimiz ham oʻzimizda yoʻq narsa uchun yozamiz-da!
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016-yil 8-sonida chop etilgan.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.