Ochiq koʻz bilan aksa ursa boʻladimi?
(qiziqarli maʼlumotlar)
• Oyda Mirzo Ulugʻbek nomidagi krater bor.
• Futbol toʻpining anʼanaviy oq-qora koʻrinishi u oq-qora televizion ekranlarda yaxshi aks etishi uchun oʻylab topilgan.
• Sportning shaxmat va boks turlari qoʻshilishidan paydo boʻlgan shaxboks oʻyini boʻyicha jahon chempionatlari oʻtkazilib turiladi.
• 1849-yili senator David Atchison faqatgina 1 kunga AQSH prezidenti lavozimini oʻtaydi, shunda u bu kunning asosiy qismini… uxlab oʻtkazadi.
• Misrda jala 200 yilda bir marotaba quyadi.
• Pyotr I ning boʻyi taxminan 213 sm. ni tashkil etgan.
• Ochiq koʻzlar bilan aksa urish mumkin emas.
• Ayollar erkaklarga qaraganda 2 MARTA koʻp kiprik qoqishar ekan.
• Jazoirda “siyoh koʻli” bor. Uning suvi bilan qogʻozga yozsa boʻladi.
• Insonda 20 ta sut tishi boʻladi.
• Marsga hali inson qadami yetmagan boʻlsa-da, ushbu sayyoraning oʻz bayrogʻi bor.
• Har yili 14-martda Pi kuni nishonlanadi. Amerika bu sana 3.14 (uchinchi oyning oʻn toʻrtinchi kuni) deb yoziladi.
• Boliviyada professional dengizchilar tayyorlaydigan maxsus maktab bor. Qizigʻi, Boliviyaning dengizga chiqish yoʻli yoʻq.
• Tennisning oyoqda oʻynaladigan turi ham bor va u “futboltennis” deb ataladi.
Orifjon Madvaliyev tayyorladi.
2010