Odamlar nimadan nafas olgan?
Bolgar bioximik olimi va yozuvchisi Asen Zlatarov bir shaharchada maʼruza oʻqiydi. Professor tabiat va uning boyliklari haqida gapirar ekan, kislorod 1773-yilga kelibgina kashf etilgani, usiz hayot kechirish mumkin emasligini eslatib oʻtadi. Shunda zaldagilardan biri hayqirib yuboradi:
– Nahotki! Ungacha odamlar nimadan nafas olgan?!
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2017-yil 3-sonida chop etilgan.