Omadning koʻzi koʻr…
Viktor Hyugo hikmatlaridan
- Bekorchilik bolalarning baxti, keksalarning baxtsizligidir.
- Oʻzga yurtdagi sayyoh pul solingan qopga oʻxshaydi. Har qanday odam uni boʻshatib olmoqchi boʻladi.
- Odamning buyukligi boʻyi bilan oʻlchanmagani kabi xalqning buyukligi ham soni bilan belgilanmaydi.
- Urush uni keltirib chiqargan yovuzlikdan koʻra yaxshidir.
- Jurʼatli boʻling! Juda koʻp muvaffaqiyatlarning u yoki bu qismi jasoratga berilgan mukofotdir.
- Diplomat oʻz maqsadlaridan tashqari sizga nima foydali boʻlsa hammasini oshkor qiladi.
- Boshqa bir dardni keltirib chiqaradigan dard shohona asar yaratilishiga sabab boʻladi. Ishonmayapsizmi? Boʻlmasa sinab koʻring.
- Hayot – bu qoʻshiq, uning naqorati esa oʻlimdir.
- Xushomad – parda ortidan oʻpishday gap.
- Maktab ochish turmani yopishdir.
- Sevgi daraxtga oʻxshaydi: oʻzidan-oʻzi paydo boʻladi, oʻsadi, butun vujudimizga tomir otadi, hatto yuragimizning eng vayrona goʻshalarini ham yashillikka, gulga burkaydi.
- Juda koʻp oshna-ogʻaynilar quyosh soatlariga oʻxshaydi: ular vaqtni faqat nur tushgandagina koʻrsatadi.
- Qilichni sindirish mumkin, gʻoyani mahv etib boʻlmaydi.
- Hech nimaga ishonmaydigan odam baxtsizdir.
- Yer yuzida tili endigina chiqqan bolaning ovozidan koʻra shirinroq madhiyaning oʻzi yoʻq.
- Ikkita fazilat oldida bosh egish mumkin va lozim. Biri – daholik, ikkinchisi – samimiy mehr.
- Bir-biringizni dildan seving. Aslida, dunyoda sevgidan boshqa hech narsa yoʻq.
- Sherning yoliga burga joylashib olgan. Shunday mitti, ojiz maxluqdan azob chekayotgan sher oʻzini xoʻrlanganday sezishi mumkin, burga esa: “Menda sherning qoni oqyapti!” deb maqtanishi hech gap emas…
- Musiqa – fiklayotgan shovqindir.
- Mashhurlik – mayda chaqa shaklidagi shuhratdir.
- Taraqqiyot – insonning turmush yoʻlidir.
- Erkinlik kinoyadan boshlanadi.
- Qirq – yoshlikning qariligi, ellik – qarilikning yoshligi.
- Omadning koʻzi koʻr, u oʻz suyganlarini ham soʻqir qilib qoʻyadi.
- Insonni oʻzgartirishni uning buvisidan boshlash kerak.
Orifjon Madvaliyev tarjimasi
2010
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.