Oʻz koʻmochiga kul tortmoq: “koʻmoch” nima?

Oʻz koʻmochiga kul tortmoq: “koʻmoch” nima?

Bu iboraga badiiy asarlarda, baʼzan soʻzlashuvda duch kelamiz. U oʻz manfaati uchun ishlamoq; oʻziga oʻzi qaygʻurmoq mazmunini anglatadi:

Har kim oʻz koʻmochiga kul tortar.

Maqol.

 

Iborada qoʻllangan koʻmoch soʻzi issiq kulga koʻmib pishiriladigan nonni bildiradi:

Sizni bir oz mazaliroq non bilan mehmon qilmoqchi boʻlib, koʻmoch xamiriga bir kosa sut qoʻshdim.

S. Ayniy, “Qullar”.

❗️ Koʻmoch soʻzi koʻmach shakliga ham ega:

 

Har kim oʻz koʻmachiga oʻzi kul tortadigan… bir zamonda inson bolasi ota-onasidan bemahal ajralar ekan, unga bundan ogʻir kulfat yoʻq.

P. Tursun, “Oʻqituvchi”.

 

Lekin tilda koʻproq koʻmoch varianti ishlatiladi.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.