Oʻzimiz haqda…
- Sogʻlom odam bir daqiqada 5-9 litr havoni “isteʼmol qiladi”.
- Odamdagi eritrotsitlar – qizil qon tanachalarini bir qatorga terishga erishilganda, Yer shari ekvatorini uch MARTA aylantirib oʻrash mumkin boʻlardi.
- Odam tanasida 100-160 milliard qiltomir boʻladi. Agar ularni bir chiziqqa tortilsa 60-80 ming kilometrga yetadi.
- Odamning katta arteriyasi (qizil qon tomiri) 20 atmosferali bosimga bardosh bera oladi.
- Qadimgi Yunonistonda odamlarning oʻrtacha yoshi 29 ni, Yevropada XVI asrda 21 ni, XVII asrda 26 ni, XVIII asrda 34 ni, XX asr boshida 50 ni, XX asr oʻrtasida 70 ni, XX asr soʻngida esa 60 ni tashkil etgan.
- Tish emal-qoplamasi qattiqlik borasida kvars-chaqmoqtoshdan qolishmaydi. Agar unga shamshir urib koʻrilsa, dami qaytishi hech gap emas.
- Bosh miya boʻlimlaridagi tomirlarda roʻy bergan tiqilish yoki yorilish nerv hujayralarining oʻlishiga olib keladi. Ularning vazifasini qolgan sogʻlom hujayralar qisman eplay oladi, xolos.
- Odam oʻrtacha umri davomida taxminan 2,5 tonna oqsil, 1,3 tonna yogʻ, 17,5 tonna uglevod va 75 tonna suv isteʼmol qiladi.
- Odam tanasida 3 kilogrammgacha mineral tuz boʻladi, bu tuzning 5/6 oltidan besh qismi skelet tarkibida. Voyaga yetgan kishi organizmida 300 gramga yaqin osh tuzi boʻladi.
- 15 gramm adrenalin (buyrak usti magʻiz qavatining gormoni) butun yer yuzidagi odamlarga yetib-ortadi.
- Bir sutkada odamdan chiqqan issiqlikka 33 litr muzday suvni qaynatish mumkin.
- Terining bir kvadrat santimetrida 100 ta ogʻriq sezuvchi nuqta mavjud, butun yuza boʻylab esa ular millionga yaqin.
- Bosh miya katta yarimsharining 1 kub millimetr qobigʻida 30 mingga yaqin neyron bor. Ularning har biri boshqa neyronlarning 2-5 mingtasi bilan aloqada boʻladi.
- Agar bir daqiqada odam eritrotsitlarining 100 tasini sanashga ulgurilsa, ularning barchasini sanab chiqish uchun 450 yil kerak boʻladi.
- Ilik bir kunda 320 milliard eritrotsit ishlab chiqaradi.
- Ilikda, taloq va limfa tugunlarida paydo boʻladigan leykotsitlar – oq qon tanachalari bor-yoʻgʻi 4-5 yil yashaydi, xolos.
- Qonda baʼzi moddalarning doimiy tarkibi bor. Xususan, oqsil – 5-8 %, qand – 0,07-0,12 %, tuzlarning umumiy miqdori – 9,9 %.
- Voyaga yetgan kishida toʻliq qon aylanishi 20-28 soniyaa amalga oshadi. Bu koʻrsatkich yosh bolalarda – 15 soniyani, oʻsmirlarda esa – 18 soniyani tashkil etadi. Bir sutkada qon tanani 1,5-2 ming MARTA aylanib chiqadi.
- Yurak ogʻirligi tana massasining 1/200 (ikki yuzdan bir) qismini tashkil qiladi. Shunga qaramasdan yurakni oziqlantirish uchun energetik resurslarning 1/20 (yigirmadan bir) ulushi sarflanib yuboriladi. Chunki yurak muskullaridagi modda almashinuvi boshqa organlaridagidan koʻra 10-20 MARTA shiddatliroq kechadi.
- Odam nafas oladigan havodagi karbonat angidrid atmosferadagidan 10 MARTA koʻproq.
- Har daqiqada miya tomirlaridan 3/4 (toʻrtdan uch) litr qon oqib oʻtadi. Yarimshardagi tomirlarning umumiy uzunligi 560 kilometrni tashkil etadi.
- Bir daqiqada oʻpkadan 1,5 litr, butun sutka davomida esa – 2000 litrgacha qon “oqib oʻtadi”.
- Odam tanasida oqsil yoʻq boʻlgan joyning oʻzi yoʻq. U qon va mushaklarda umumiy massaning 1/5 (beshdan bir), miyada 1/12 (oʻn ikkidan bir) qismini tashkil etadi. Hatto tish emalida ham mavjud – uning 1/100 (yuzdan biri) oqsildan iborat. U turli organlarning quruq moddalari tarkibida 45-85 foizni tashkil etadi.
- Tanamizdagi barcha oqsillarning yarmi 180 kun mobaynida yangilanadi, jigardagilari esa 17-20 kunda.
- Odam bosh miya kataklarining 80 foizini, muskullarning 76 foizini, suyuklarning esa qariyb 25 foizini suv tashkil etadi.
- Odam sochi sovun koʻpigidan 5000 MARTA, kapillyardan 5 MARTA, oʻrgimchak tolasidan 20 MARTA yoʻgʻon boʻladi.
Ruschadan Orifjon Madvaliyev tarjimasi
2007
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.